22:49 / 07.08.2015
3718

Beruniyda noqonuniy juvoz egalari faoliyatiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida fuqarolar To‘lqin Salimov va Adilbek Yangibayevning qonunga xilof faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, ular o‘z uylarida yog‘ ishlab chiqarib, hamqishloqlariga sotib kelgan. Tadbir davomida ulardan chigit, iste'molga yaroqsiz yog‘, kunjara va juvoz uskunasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Bundan tashqari, ular noqonuniy ravishda gaz va elektr tarmog‘idan foydalanib, tegishli korxonalarga 29.454 mln so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud tomonidan tegishli jazolar belgilandi.

Top