11:46 / 07.08.2015
3253

O‘zbekiston ayollar dyuzdosi tarixida ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

Bosniya va Gertsogovina poytaxti Sarayevo shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi ilk medalni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida -48 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Diyora Keldiyorova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

U dastlab vengriyalik Aleksandra Marotini 2:45 daqiqada taslim etdi. Ikkinchi davrada gollandiyalik Aniyek Norderni 38 soniyada, braziliyalik Gabriyela Klimenteni 14 soniyada, yarim finalda turkiyalik Tukjye Bederni 1:20 daqiqada finalda esa boshqa bir gollandiyalik dzyudochi Yoriyen Visser 1:39 daqiqada mag‘lub etildi.

Top