07:14 / 07.08.2015
5590

Navoiyda o‘zbek-britan qo‘shma korxonasi telefonlar ishlab chiqarishni boshlaydi

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududida “Smart Communications” deb nomlangan yangi qo‘shma korxona yaratildi. Unga “Infinity Electronics” MChJ xorij kompaniyasi va “Wynex Innovation” britan kompaniyasi asos soldi.

“Navoiy” EIIH ma'muriyati ma'lum qilganidek, tomonlar ushbu yangi korxonaga 2 mln dollar sarmoya kiritmoqchilar. Yangi korxona yiliga 200 mingtagacha telefon ishlab chiqaradi.

Loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishni o‘zlashtirish jarayonida mahalliylashtirish ulushini bosqichma-bosqich ko‘paytirish bilan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan.

Top