22:55 / 07.08.2015
6505

Olmaliqda o‘tkazilgan reydda yana bir guruh valyutafurushlar qo‘lga olindi

SVOJJDLQK departamentining Toshkent viloyat boshqarmasi muntazam ravishda valyutafurushlikka qarshi kurashib kelmoqda. Bu safar ham “Huquq” nashri idoraning bu sohadagi navbatdagi muvaffaqiyatlari haqida hikoya qilib berdi.
Aytilishicha, idora xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda Shahnoza Hamroyeva valyutani qonunga xilof ravishda sotayotgani aniqlandi. U Abdulla Ulbiyev va Salim Merajovlar bilan sheriklikda Olmaliqdagi umumiy ovqatlanish muassasalarining birida fuqaro D. Islomovaga 11.5 ming dollarni 45 mln so‘mga sotayotganida qo‘lga olingan.
Jinoyatchilarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.

Top