18:58 / 07.08.2015
5051

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara xizmati vakillari Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi

2015 yilning 5 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara qo‘mitalari rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

MXX davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda o‘zaro qo‘riqlanayotgan chegara uchastkalarida yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilindi, shuningdek, chegara xizmatlaring birinchi yarim yillikdagi faoliyatiga yakun yasalib, keyingi yarim yillikdagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

“Tomonlar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirib, davlat chegaralarini ishonchli himoya qilishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini ta'kidlab o‘tishdi”, – deyiladi xabarnomada.

Top