20:33 / 08.08.2015
2566

Lui van Gaal: Darmian juda yaxshi taassurot qoldirdi

"Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya premer-ligasi 1-turida “Tottenxem” ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) keyin “qizil iblislar”ning yangi futbolchilari himoyachi Matteo Darmian hamda darvozabon Serxio Romero o‘yiniga baho berdi

Gollandiyalik mutaxassis uchrashuv davomida ikkala klub ham g‘alaba uchun kurash olib borgani va tajovvuzkor futbol namoyish qilganini e'tirof etgan.

"Uchrashuv qiyin o‘tdi. Ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishga urinishdi va tajovvuzkor futbol namoyish qilishdi. Darmian juda yaxshi taassurot qoldirdi va uchrashuvni ishonchli o‘tkazdi. Bugun Romero ham ajoyib namoyish qildi hamda o‘z darvozasidan gol olib chiqmadi. Haqli g‘alabaga erishdik deb hisoblayman", , – deya Van Gaal TMW nashriga bergan intervyusida.

Top