09:24 / 08.08.2015
4812

Neft narxini tushirish bilan bog‘liq “o‘yinlar” Saudiya Arabistoni byudjyetida defitsitni keltirib chiqardi

Neft narxining past qiymati Saudiya Arabistoni qirolligi byudjyetida katta o‘pirilishni keltirib chiqardi. Qirollik hukumati byudjyet defitsitini qoplash uchun 24-27 mlrd dollarlik davlat obligatsiyalarini sotuvga chiqarishga qaror qildi.

Saudiya Arabistoni hukumati 130 mlrd dollarlik byudjyet defitsitini qisman qoplash uchun 2007 yildagi moliyaviy inqirozdan keyin ilk bor davlat obligatsiyalarini sotuvga chiqarishga majbur bo‘lmoqda.

Saudiya Arabistoni Markaziy banki joriy yilning boshidan 4 mlrd dollarlik obligatsiyalarni sotuvga chiqardi. Saudiyaliklarning qarz olishiga neft narxining pastligi sabab bo‘lmoqda. Qirollik hukumati bunday holatning yuz kelishiga ma'lum darajada o‘zi ham aybdor. Saudiya Arabistoni neft narxini pasaytirib va neft qazib olish hajmini ko‘paytirib, AQShning slanetsli neft inqilobiga zarba bermoqchi bo‘lgan. Biroq neft go‘yoki “haddidan oshib”, pastlab ketdi. Eronga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi esa neft bozoridagi shundoq ham og‘ir vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
Neftga past narxlar OPeKga a'zo davlatlarga yaxshigina zarba berishga ulgurdi. Vaholanki, Venesuela va Iroq OPeK a'zolari sifatida o‘zlarining tashkilot bo‘yicha hamkasblarini bunday “o‘yinlar” jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirib, neft olish hajmini kamaytirishni taklif qilishgan edi.

Top