11:52 / 08.08.2015
27582

Olimlar Bermud uchburchagi anomaliyasi sirini ochishga yaqin qolishganini ta'kidlashmoqda

Olimlarning fikricha, ko‘plab kemalarning yo‘qolishiga sabab bo‘lgan mudhish Bermud uchburchagining siri fosh etilishiga oz fursat qoldi.

Bugungi kunda Bermud uchburchagi deb ataladigan Atlantika okeanida joylashgan joy siri hali ochilmagan, biroq olimlar kun sayin bu yerdagi anomaliyalarning tabiiy ko‘rinishga egaligiga amin bo‘lmoqdalar. Bu uchburchakning uchlari Florida, Bermud orollari va Puerto-Rikoga taqalgan hududni o‘z ichiga oladi.

Olimlarning fikricha, kemalarning fazoda tez harakatlanishiga Golfstrim oqimi bilan yuza keladigan katta miqyosdagi suv uyurmalari sabab bo‘lishi mumkin. Bu uyurmalar ko‘pincha koinotdan qayd qilinadi. Suratlarda bunday suv uyurmalarining markazida yorug‘lik nuri paydo bo‘lishini yaqqol ko‘rish mumkin. Olimlarning ta'kidlashicha, aynan shu nurlar ham suvda, ham quruqlikda xavf tug‘diradi hamda vaqt va fazoning borishiga ta'sir qiladi.

Bundan tashqari, bunday uyurmalar kema va samolyotlarning vazniga ham ta'sir qiladi. Bu ham jismlarning vaqt fazosida sirli ko‘chishi tezligiga ta'sir qiladi. Qayd etilishicha, bunday ko‘chishlar oq tuman bilan birga kechadi.

Olimlar Bermud uchburchagida texnikalarning sirli buzilib qolishini geomagnit faollikning kuchli impulsi bilan tushuntirmoqdalar.

Barcha bildirilgan fikrlarni xulosalab, bu yerdagi barcha g‘ayritabiiy hodisalar tektonik jarayonlar bilan tushuntirilishini yaqqol ko‘rish mumkin.

Tibbiyot fanlari doktori Boris Ostrovskiy bu hududda tektonik faollikni o‘rganishga asoslangan ushbu g‘oyani sinchkovlik bilan ishlab chiqdi va chop etdi.

Biroq olimlar ushbu anomaliyalar tabiiy kelib chiqishga ega ekanligi haqida qanchalik ishonch bilan aytishmasin, bu hududda hanuzgacha samolyot va kemalar odamlari bilan yo‘qolishda davom etmoqda.

Top