19:22 / 09.08.2015
3514

Olma-Ota shahri hokimi o‘zgardi

Olma-Ota shahri hokimi o‘zgardi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Bovurjon Boybekni shahar hokimi etib tayinladi.
Ilgari ushbu lavozimni Ahmatjon Yesimov egallab turgan edi.
Bovurjon Boybek 1974 yili Olma-Otada tug‘ilgan. “Bo‘lashaq” dasturi stipendiyasi asosida 1994-1994 yillarda Germaniya o‘qigan. Uchta oliy ma'lumotga ega: pedagogika, musiqa va tashqi iqtisodiyot bo‘yicha.
1999-2002 yillarda diplomatik sohada faoliyat yuritgan. 2002-2006 yillarda prezident ma'muriyatida turli lavozimlarni egallab turgan. 2006-2009 yillarda Qozog‘iston prezidenti protokoli rahbari. 2013 yil yanvarida “Nur Otan” partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bir qator davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan, shuningdek, bir qancha kitoblar muallifi.

Top