09:31 / 10.08.2015
2668

"Barselona" Neymarning betobligi tufayli Pedroni "MYu"ga berish fikridan qaytishi mumkin

"Barselona" jamoasi o‘z futbolchisi Pedro Rodrigesni "Manchester Yunayted"ga transfer qilishga shoshilmayapti.

Sport.es nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklarning boshqa bir hujumchisi sog‘ligidagi muammolar tufayli yangi mavsum startini o‘tkazib yuboradi va Pedro uning o‘rnini bilintirmay turishi kerak bo‘ladi. Shunday zarurat tufayli uning Angliyaga yo‘l olishi amalga oshmay qolishi mumkin.

Qayd etilishicha, Pedro 11 avgust kuni Tbilisida "Sevilya"ga qarshi Yevropa Superkubogi bahsida maydonga tushadi. "Manchester Yunayted" esa 18 va 26 avgust kunlarida YeChL pley-off bosqichida "Bryugge"ga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi. Jamoa qisqa muddat ichida Pedroni transfer qilib, YeChL qaydnomasiga kiritishga ulgurishiga ko‘pchilik ishonmayapti.

Biroz oldinroq, "MYu" Pedroni 30 mln yevro evaziga sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Top