18:40 / 10.08.2015
15588

Respublika olimpiya zaxiralari kolleji uchun qabul kvotasi oshdi

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi hamda Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabining iqtidorli va istiqboli porloq bitiruvchilarini o‘rta maxsus kasb hunar ta'limiga qamrab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 iyuldagi 221-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji qabul kvotasi oshirildi.

«Norma.uz» xabarida keltirilishicha, Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinuvchilar soni umumiy 750 nafarga ortdi.

Ularning 330 nafari umumiy o‘rta, 450 nafari esa o‘rta maxsus kasbiy ta'lim olishi belgilangan.

Bundan avval esa o‘rta maxsus kasbiy ta'lim oluvchilar soni ham 330 nafarni tashkil etar edi.

Top