08:53 / 11.08.2015
3238

AQSh sanksiyalari “Gazprom” va Shell hamkorligiga to‘sqinlik qilmoqda

Shell Niderlandiya-Britaniya neft-gaz qo‘shma kompaniyasi “Gazprom” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalardagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqadi. Reuters agentligining yozishicha, bunga Rossiyaga qarshi o‘rnatilgan iqtisodiy va siyosiy cheklovlar sabab bo‘lmoqda.

Ikki yirik kompaniya 2015 yilning iyunida strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Kelishuv aktivlar almashish, hamkorlikda geologik razvedka o‘tkazish, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni nazarda tutadi.

Xususan, kompaniyalar “Saxalin-3” nomi bilan mashhur Janubiy Kirin konini hamkorlikda yuritmoqchi edi. Bu loyiha kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishi bo‘lishi kutilayotgan edi. Ammo endilikda Shell ushbu loyihadagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqmoqchi.

“Bu Shell uchun ishoradir – yangi loyihalarda ishtirok etmang, borlari bilan shug‘ullaning”, – dedi “Gazprom”ning Saxalin loyihalari bilan shug‘ullanuvchi vakili.

Top