16:05 / 11.08.2015
2268

Buxoroda xolasining uyidan 20 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketgan jiyan sudlandi

Buxoroda xolasining uyidan 20 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketgan jiyan sudlandi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, Nazokat ismli keksa ayolning yagona o‘g‘li xorijda ishlagan, shu bois ayol vaqtinchalik yolg‘iz o‘zi yashab kelgan. U tug‘ilgan kunini uyushtirib, uyiga qarindoshlarini taklif qilgan.

Jiyani Gulchehra kechasi xolasini yolg‘iz qoldirmasligini aytib, u bilan birga qolgan. Mehmonlarni kuzatgach, ular yarim tungacha suhbat qurib o‘tirishgan, so‘ng Gulchehra, xolasining uyquga ketganligidan foydalanib, uning yotoqxonada saqlaydigan sandiqchasidan 18.1 mln so‘mlik taqinchoqlarni va ming dollarni olib chiqib ketgan.
Bir necha kundan so‘ng Nazokat uyida o‘g‘irlik sodir etilganini aniqlagan va IIBga murojaat qilgan. o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jinoyatni uning jiyani sodir etganligi aniqlangan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top