01:27 / 11.08.2015
2811

Floyd Meyuezer barcha zamonlarning eng yaxshi bokschilari ro‘yxatida o‘zini birinchi o‘ringa qo‘ydi

Mag‘lubiyat hissini totmagan AQShlik bokschi Kichik Floyd Meyuezer vazn toifasidan qat'iy nazar barcha zamonlarning eng yaxshi bokschilari ro‘yxatida o‘zini birinchi o‘ringa loyiq topdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Meyuezer bu ro‘yxatda 2-o‘rinni panamalik bokschi Roberto Dyuranga, 3-o‘rinni o‘zining hamyurti Pernell Uitakerga, 4-o‘rinni meksikalik bokschi Xulio Sezar Chavesga va nihoyat 5-o‘rinni afsonaviy amerikalik bokschi Muhammad Aliga berdi.

“Ulardan har birini hurmat qilaman”, deb aytdi bokschi.

Meyuezerning bu fikriga o‘ta og‘ir vazn toifasidagi sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuis e'tiroz bildirmoqda. Britaniyalik bokschining fikricha, Meyuezer emas, balki aynan u bu ro‘yxatning 1-o‘riniga loyiq.

“Men o‘ta og‘ir vazn toifasidagi oxirgi mutlaq chempioniman. Aftidan, men eng zo‘rman”, deb aytdi Lyuis BoxingScene portaliga bergan intervyusida.  

Top