20:21 / 11.08.2015
2149

"Milan" Romanolining transferini e'lon qildi

"Milan" "Roma"dan 20 yoshli himoyachi Alessio Romanolini transfer qilganini rasman e'lon qildi.

Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bu futbolchi "Milan"da tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli tarzda o‘tgan va 2020 yilgacha davom etadigan shartnomaga imzo chekkan.

Ma'lumot uchun, Romanoli o‘tgan mavsumda "Roma" safida 30ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

Top