14:45 / 11.08.2015
3119

O‘zbekiston TIVda “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorligi Forumining 9-yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi

2015 yilning 11 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Xon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Janubiy Koreya kun tartibining dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2015 yilning may oyida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Uchrashuvda bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish muddatlari, shuningdek, “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorligi Forumining 9-yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Top