20:41 / 11.08.2015
3095

UYeFA Superkubogi: «Barselona» va «Sevilya» uchrashuvi anonsi

Bugun Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o‘tgan mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan - "Barselona" va Yevropa ligasi g‘olibi - "Sevilya" klublari o‘rtasida UYeFA Superkubogi uchun uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Bu ikki jamoa o‘zaro muntazam uchrashib turadi, chunki ikkisi ham La liga a'zolari hisoblanishadi. Bu jamoalar 2006 yilda UYeFA Superkubogida to‘qnash kelishgan va o‘sha vaqtda tarkibida Dani Alves bor "Sevilya" "Barselona"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Lekin, qayd etish kerakki, "Sevilya" 19 uchrashuvdan buyon kataloniyaliklarni yenga olmayapti.

"Barselona" oldindagi uchrashuvda favorit hisoblanadi, ammo biz maydonga tushib, sensatsiya ko‘rsatish uchun bor kuchimizni ayamaymiz. Agar g‘alaba qozonsak, butun mavsumga yetadigan ishonchini qo‘lga kiritamiz", - deydi "Sevilya" ustozi.

"Barselona" — "Sevilya" uchrashuvini irlandiyalik hakam Damen Makgrat boshqaradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. O‘zbekistonlik muxlislar o‘yinni Rossiyaning NTV plyus Futbol 1 va NTV kanallari orqali jonli ravishda kuzatishlari mumkin.

Top