15:03 / 11.08.2015
4272

Vasiliy Utkin: Kandelaki rahbarligi ostida ishlash sharmandalikdir

Rossiyalik taniqli sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin “Match TV” telekanalining bosh prodyuseri etib tayinlangan Tina Kandelaki rahbarligida ishlash sharmandali deb hisoblaydi.
“Hamma narsani o‘z ismi bilan atash kerak. Hozir bo‘layotgan narsalarni sharmandalik deb baholashdan boshqa iloj yo‘q. Tina Kandelaki kallai saharlab baxtsiz fotografni uyg‘otib, o‘z jismoniy tarbiyasini sport deb ataydi. Men umrimning yarmini buni ko‘rish uchun sarflamadim. Gap shaxslarda emas. Gap jirkanishda. Bu kurakda turmaydi. Sport haqida hech kim Kandelakichalik jo‘n, palag‘da va jirkanch gapirmaydi. Bu fojia. Tina Kandelaki rahbarligi ostida sport kanalida ishlash sharmandali, bu kasbga sarflangan yillarga xiyonatdir”, – deb yozdi Utkin o‘z blogida.
“Men yosh emasman, va hayotiy kuchlarimni bunaqa bema'nigarchilikka sarflashni istamayman, – davom etdi so‘zida jurnalist. – Bu juda katta imkoniyat – milliy sport kanalini ochish; bu imkoniyatga ega bo‘lish uchun biz jiddiy raqobatga dosh berdik va tomoshabinlar ishonchini qozona oldik. Mening uchun bu butun hayotim ishi bo‘ldi; boshqalar uchun bu shunchaki mansab yo‘lidagi imkoniyat bo‘lishi mumkin, ularni qoralamayman. Bu shunchaki mening tarixim emas. Men oxirgi paytlarda kamroq o‘qiydigan bo‘ldim”

Top