21:48 / 12.08.2015
2896

Kerri uning elektron maktublari rossiyalik va xitoylik xakerlar tomonidan o‘qilayotgani ehtimoli borligini aytdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri uning elektron maktublari rossiyalik va xitoylik xakerlar tomonidan o‘qilayotganing “ancha katta ehtimoli” borligini aytdi.

Kerri bu haqda CBSNews telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

“Buning ehtimoli mavjud. Bunga bo‘lishi mumkin emas narsadek qarash kerakmas, biz rossiyalik va xitoylik xakerlar oxirgi kunlarda AQShdagi ko‘p sondagi tashkilotlarga hujum qilishganini bilamiz. Va buni esda tutgan holda pochtam orqali nimalardir yozaman”, deb aytdi Kerri jurnalistning savoliga javoban.

Avvalroq rossiyalik xakerlar Pentagon kompyuter tizimiga “murakkab tashkil etilgan kiberhujum” uyushtirganlari ma'lum qilingandi. Qayd etilishicha, hujum 25 iyulda amalga oshirilgan. Aytilishicha, xakerlar Pentagonning elektron yozishmalar bilan almashish maxfiylashtirilmagan tizimini buzib kirib, u yerda Pentagonning 4 mingga yaqin xodimi haqidagi ma'lumotlarga kira olganlar.

Top