05:44 / 14.08.2015
1811

Niderlandiya MN17 reysi samolyoti qulashi bo‘yicha hisobotni oktabrda chop etmoqchi

Ukrainaning Donetsk viloyatida Boeing-777 samolyotining falokatga uchrashi haqidagi hisobot oktabrda chop etiladi, deb xabar berdi 13 avgustda Niderlandiya xavfsizlik bo‘yicha kengashining rasmiy vakili Sara Fernoy Deutsche Welle mediakompaniyasiga bergan intervyusida.

“Biz flokatga tegishli xulosalar, samolyot uchgan yo‘nalish, yo‘lovchilar ro‘yxatini chop etamiz”, deb aytdi Fernoy.

Fernoyning aytishicha, Niderlandiyaning xavfsizlik bo‘yicha kengashi aybdorlarni o‘rnatish bilan emas, balki samolyotning falokatga uchrashishi sabablarini tergov qilish bilan shug‘ullanadi.

Amsterdam-Kuala-Lumpur yo‘nalishida parvoz qilgan MN17 reysi 2014 yilning 17 iyulida Ukrainaning Donetsk kiloyatida falokatga uchragan. Samolyot bortida 298 kishi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan. Samolyot urib tushirilgani iddao qilib kelinmoqda.

 

 

Top