10:04 / 14.08.2015
2323

Pentagon: AQSh "IShID" bilan kurashish uchun Iroqqa harbiylar jo‘natishni rejalashtirmagan

Pentagon vakili Elissa Smit AQSh harbiylari Iroqqa "IShID" jangarilari bilan quruqlikda jang olib borishi uchun jo‘natilishi rejalashtirilmagani haqida bayonot berdi. Bu haqda RIA Novosti nashrida yozilgan.

"Biz avval ham aytganmiz, AQSh tomonidan Iroqqa quruqlikdagi qo‘shinlarning kiritilishi muammoni hal qilmaydi", deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muammo mahalliy harbiy kuchlarni qo‘llab-quvvatlash va siyosiy muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinishi kerak.

Top