08:47 / 14.08.2015
3683

Pentagon: IShID jangarilari Iroqdagi kurdlarga qarshi kimyoviy quroldan foydalandi

“Islom davlati” terroristik guruhi (IShID) jangarilari Iroqdagi kurd askarlariga qarshi kimyoviy quroldan foydalangan. CBS telekanalining mmazkur ma'lumotini Pentagon ham tasdiqladi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.

AQSh Mudofaa vazirligining fikricha, ishonchli axborot manbalari IShID “kimyoviy qurollarni ochiqchasiga (kurdlarga qarshi) qo‘llagan”.

Bundan avvalroq esa Bild Online internet nashri bundesver (Germaniya qurolli kuchlari)ning maxfiy ma'lumotlariga asoslangan holda IShID jangarilari Iroq shimolida peshmer (kurd harbiylashgan tuzilmalari)larga qarshi zaharlovchi modda bilan to‘ldirilgan granatalardan foydalanganini xabar bergan edi.

Maxmur shahrini bosib olish uchun bo‘lgan janglar chog‘ida, taxminlarga ko‘ra, xlor qo‘llanilgan. Bildning qayd etishicha, xuddi shu hududdan 60 km shimoli-sharqda joylashgan Erbil shahrida esa 88 nafar olmon harbiy mutaxassisi kurd jangchilarilari malakasini oshirmoqda. Biroq bundesver germaniyalik mutaxassislar hayotiga hech qanday xavf yo‘qligini ma'lum qilgan.

Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, kimyoviy qurollardan 60 nafar kurd jarohatlangan.

Top