17:02 / 15.08.2015
1957

Devid Kemeron: Britaniya mamlakatga noqonuniy muhojirlar kelishiga qarshi kurashishda davom etadi

Buyuk Britaniya hukumati mamlakat hududiga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan muhojirlarning noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishiga qarshi kurashishda davom etadi. Bu haqda 15 avgust kuni mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron bayonot berdi.
“Buyuk Britaniya Yevropaning eng saxiy mamlakatlaridan biri bo‘lib kelgan. Biz har doim odamlarga boshpana berib kelganmiz. Ammo biz ularga noqonuniy kelishga ruxsat bermasligimiz kerak. Ko‘plar Yevropaga yaxshi hayot qidirib keladi – bu mehnat muhojirlari. Ular Buyuk Britaniyaga noqonuniy yo‘llar bilan kirmoqchi bo‘ladi, shu bois xalqimiz va shaxsan o‘zim chegaralarimiz xavfsizligini ta'minlamoqchimiz”, – ta'kidladi siyosatchi.
Shuningdek, Kemeron muhojirlar oqimiga to‘sqinlik qilish “g‘ayriinsoniy” harakat emasligini ta'kidlab o‘tdi.
“Davlat byudjyetidan O‘rta Yer dengizida muhojirlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishga, shuningdek, bu muammoning manbai bo‘lgan davlatlardagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun yetarli miqdorda pul ajratildi”, – eslatib o‘tdi u.

Top