16:57 / 15.08.2015
2513

Jonni Depp “Disney afsonasi”ga aylandi

Amerikalik mashhur aktyor Jonni Depp “Disney afsonasi” faxriy maqomiga ega bo‘ldi. Aktyor kaftining bronzadan quyilgan izlari kinostudiya shon-sharaf muzeyida joylashtirildi.
“Men nega bunday mukofotga sazovor bo‘lganimni tushunmadim”, – dedi aktyorning o‘zi, bu yangilikni sharhlar ekan.
Depp yaqinda Avstraliyadan Kaliforniyaga qaytib keldi. Avstraliyada Depp mashhur franshizaning Pirates of the Caribbean: Dead Men Tell No Tales (Karib dengiz qaroqchilari: marhumlar ertak aytmaydi) nomli beshinchi qismi s'yomkalarida ishtirok etdi. Film 2017 yilning yozida prokatga chiqarilishi aytilmoqda.
Taqdirlash marosimi Kaliforniyaning Anaxaym shahridagi Walt Disney kinostudiyasi madaniy markazida o‘tkazildi.
Depp bilan bir qatorda bu maqomni “Yulduzli janglar” epopeyasi muallifi Jorj Lukas, bastakor Denni Elfman va aktrisa Syuzan Luchchilar oldi.
Premiya 28 yil muqaddam joriy qilingan.

Top