07:38 / 15.08.2015
2514

Luis Enrike: “Barselona” “Atletik”dan 4 to‘p ustunlikni qaytib olishi mumkin

“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya Superkubogida Bilbaoning “Atletik” jamoasiga qarshi birinchi uchrashuvga izoh berib o‘tdi. Uning fikricha, kataloniyaliklar ushbu unvonni yutishlariga hali imkoniyatga egalar.

“Bugun maydonda “Barselona”ning eng yaxshi versiyasi bo‘lmadi. Ba'zi paytlarda jamoaning omadi kelmadi. Biroq yaxshi lahzalar ham bo‘ldi. To‘liq revansh va unvonni olish haqida o‘ylash nokamtarlik bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Yevropada bunday ustunlikni qaytib olishga qodir bo‘lgan jamoa bo‘lsa ham, bu “Barselona”dir.  

Albatta meni bu o‘yindagi xatolar va to‘plar miqdori xavotirlanmoqda. Biz bunday holat takrorlanmasligi ustida ishlamoqdamiz. Biroq futbol xatolardan iborat. Dam olishga uch kundan kamroq vaqtimiz bo‘lgani tufayli amalga oshirilgan rotatsiya uchun javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Biroq men yigitlarimga ishonaman va ortga qaytishning iloji bo‘lganda o‘yinga xuddi shu tarkibni qo‘ygan bo‘lardim.   

Hozir o‘zimizni oqlash uchun sabab qidiradigan vaqt emas. Biz o‘yinni yaxshilashimiz kerak. Hisobni esa endi o‘zgartirib bo‘lmaydi. Dushanba kuni muxlislar bizni oldinga intiltiradilar va biz o‘z muxlislarimiz oldida o‘zimizni to‘liq oqlashga harakat qilamiz. Bizga tezkor gol juda muhim bo‘ladi.  

Mening faoliyatimda, jumladan futbolchi bo‘lgan paytimda “Atletik”ka qarshi birorta ham oson o‘yin bo‘lmagan. Bu jamoa bizni yo‘l qo‘ygan xatolarimiz uchun jazoladi. Messi va Pedroda ular odatda amalga oshiradigan yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi”, deb aytmoqda Enrike. 

Top