09:51 / 15.08.2015
2576

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan yangi interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 16ta interaktiv xizmat yo‘lga qo‘yilgan. Ularning 4tasi maxsus elektron dastur va interaktiv xizmatlar tarkibiga kiradi.

14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda nogironlar jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi konsultativ uchrashuv chog‘ida “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga joylashish uchun interaktiv ariza taqdim etish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha interaktiv ariza berish, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat faxriylarining sanatoriylarda sog‘lomlashtirish tizimini to‘liq qamrab oluvchi axborotlashtirilgan dastur ishlab chiqilgani ma'lum qilindi. Shuningdek, nogironlarning protez-ortopediya mahsulotlari va vositalari bilan ta'minlash jarayonini to‘liq qamrab oluvchi dastur ishlab chiqilishi ta'kidlandi.

Top