18:39 / 15.08.2015
2599

Misrda issiq havodan halok bo‘lganlar soni 93 nafarga yetdi

Misrda davom etayotgan noodatiy issiq harorat qurbonlari soni tobora oshib bormoqda. Oxirgi haftada issiq havo tufayli 93 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yuzlab odamlar shifoxonaga yotqazilgan. 

Vaziyat mamlakatdagi namlik miqdorining yuqoriligi bilan yanada og‘irlashmoqda. Ba'zi hududlarda harorat 47 gradusgacha ko‘tarilib ketdi.

Bu orada yaqin kunlarda yanada yuqoriroq haroratlar bo‘lishi kutilmoqda.

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar asosan keksa yoshdagi odamlar bo‘lmoqda. 

Top