01:02 / 15.08.2015
5235

Xitoylik ayol singlisining nayrangi tufayli ikki marta turmush qurgan bo‘lib qoldi

Xitoyning Tszyansu viloyatidagi yashovchi Du Xun ismli xitoylik ayol bir vaqtning o‘zida ikkita erkakka turmushga chiqqanlikda ayblanib sud oldida javob beradigan bo‘ldi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, Xunning singlisi Du Tszyuan 2006 yilda o‘sha paytda hali turmushga chiqmagan opasining identifikatsion kartasidan foydalanib, turmush qurgan.

Qiz turmushga chiqish uchun ruxsat berilgan minimal yosh, ya'ni 20 yoshga to‘lmagani sababli shunday qilgan. Xun turmushga chiqqandan keyin o‘z singlisining nayrangidan o‘zining nomiga nikohning bekor qilinishi haqidagi xabar kelgandan keyin voqif bo‘ldi. Ayol bilan uning singlisi Tszyuanning eri – Tao Vey ajrashayotgan bo‘lib chiqdi.

Siyan okrugi sud hakami Sin Tszyunning aytishicha, Tszyuan va Vey Anxa viloyatida turmush qurganlarida Xun yashaydigan Tszyansu hukumatiga bu nikohning qayd qilingani haqida hech qanday ma'lumot tushmagani sabab ushbu yolg‘on uzoq vaqt oshkor bo‘lmay kelgan. Xitoyda pasport mavjud emas. Shaxsni tasdiqlovchi asosiy hujjat ID-karta hisoblanib, unda nikoh haqida ma'lumot bo‘lmaydi. Nikoh tuzilganda juftlikka nikoh haqidagi guvohnoma beriladi.

Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, poligamiya (bir jinsning ikkinchi jinsning bir nechta vakili bilan turmush qurishi) ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Bu jinoyatda ayblov qo‘yish uchun er-xotindan birining arizasi zarur bo‘ladi.

Top