19:55 / 06.12.2015
4466

“Vodiygazta'minot” nazoratchisi 390 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

“Vodiygazta'minot” unitar korxonasi Marg‘ilon shahar filiali mijozlar bo‘limi nazoratchisi Xurshid Ismoilov 390 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, u Qirguli shaharchasida fuqaro I. Siddiqovning xonadoniga tekshiruvga kelib, uning tabiiy gazdan 690 ming so‘m qarzi borligini aniqlagan. Nazoratchi mijozdan 390 ming tama qilib, buning evaziga qarzdorlikni yo‘qotib berishni va'da qilgan.

Ammo iste'molchi bu talabning noqonuniyligini bilib, tegishli idoralarga murojaat qilgan. Natijada Ismoilov pora olish ustida qo‘lga olingan.

Top