14:42 / 11.05.2016
2658

Britaniya politsiyasi hazil tariqasida o‘g‘irlangan qo‘ylarning anonimligini saqlab qoldi

Britaniyaning Uest-Midlends grafligi politsiyasi huquq-tartibot xodimlari tomonidan Ford Galaxy trassasida to‘xtatilgan uchta o‘g‘irlangan qo‘yning rasmini chop etdi. Tasvirdagi jonivorlarning yuz ko‘rinishi grafik redaktorda ishlangan. 

Politsiyachilar bunga har ehtimolga qarshi "qo‘ylarning shaxsiyati ularning yoshi va zaifligi bois himoyalangani" bilan izohlab, buni hazil deb tushuntirishdi. 

Qo‘ylarni o‘g‘irlagan shaxslar Ruminiya fuqarolari bo‘lib chiqdi, ular hibsga olindi. Jonivorlarning haqiqiy egalari topilgunga qadar ularni mahalliy fermalardan biriga joylashtirishdi.

Top