16:01 / 11.05.2016
6284

Erdo‘g‘an hech bir davlat Turkiyachalik IShIDga qarshi kurashmayotganini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti rajab Toyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, turk harbiylari tomonidan IShID terrorchilik guruhining uch ming nafar jangarisi yo‘q qilingan.

"Hech bir davlat IShIDga bunchalik zarba bermagan va ular bilan Turkiyachalik ko‘rashmayapti. Bizning harbiylar tomonidan yo‘q qilingan jangarilar miqdori shu kunga qadar uch ming nafarni tashkil etadi", — dedi Erdo‘g‘an Istanbulda o‘tgan Bolqon mamlakatlari bosh shtab rahbarlari yig‘ilishida.

Turkiya bosh shtabi rahbari Xulusi Akar ham ana shu yig‘ilishda chiqish qilgan.

Top