15:45 / 18.05.2016
4517

“Lukoyl” rahbari neftning 55 dollargacha qimmatlashishini bashorat qildi

2016 yilda neft narxi barreliga 45-55 dollar atrofida bo‘ladi, yil yakuniga kelib, bu ko‘rsatkich oshmaydi, deb ma'lum qilgan “Lukoyl” rahbari Vagit Alekperov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Bunga sabab neft ishlab chiqarish hajmining pasayishi bo‘ladi, deb hisoblamoqda Alekperov.

«Albatta, bu bashorat neft ishlab chiqarish, geologiya razvedkasi hajmi, murakkab hududlar hamda texnologik jihatlarga e'tibor qaratilgan holda yuzaga chiqdi», — deb ta'kidladi u.

Top