16:03 / 22.06.2016
42612

Marg‘ilonlik Roziyaxon ismli qizcha Ozodbekka jonli ijroda kuylashini ko‘rsatib qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi tashabbusi bilan yurtimizning ko‘plab viloyatlarida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” shiori ostidagi tadbir o‘tkazilib kelinayotganidan xabaringiz bor. Xususan, ushbu tadbir 22 may kuni Marg‘ilonda bo‘lib o‘tib, unda ko‘plab san'atkorlar ishtirok etgan. Tadbir davomida O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Jon O‘zbekiston” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylagan Roziyaxon ismli qizcha bugun  internet saytlari va ijtimoiy tarmoq bo‘ylab mashhur bo‘lib ketdi. Roziyaxon ijrosidagi o‘z qo‘shig‘iga jo‘r bo‘lgan xonanda Ozodbek Nazarbekov videolavhada hayratini yashirolmagan. 

Mazkur jarayon aks etgan,  Youtube’da joylashtirilgan videolavha ostida ko‘plab internet foydalanuvchilari o‘zlarining ijobiy fikrlarini yozib qoldirib, kelajakda Ozodbek va Roziyaxonning birgalikda duet kuylashini taklif qilishgan.

Top