12:11 / 26.07.2016
5701

Bryussel teraktining moddiy zarari 1 milliard yevro deya baholandi

© EPA/STEPHANIE LECOCQ

22 mart kuni Bryusselda sodir etilgan terakt oqibatida Belgiya iqtisodi ko‘rgan moddiy zarar miqdori 1 mlrd yevroni tashkil etmoqda. Bu haqda maxsus tayyorlangan tadqiqotga asoslanib, qirollik iqtisodiyot vazirligi xabar bermoqda.

"Terakt oqibatida xususiy kompaniyalar foydasi joriy yilning birinchi kvartalida Bryussel federal hududida 122,5 mln yevrogacha, Valloniyada (janubiy fransuz tilli hudud) - 20 mln yevrogacha, Flandriyada (shimoliy niderland tilli hudud) - 33 mln yevrogacha tushib ketdi", - deyiladi hisobotda.

Mamlakatning davlat byudjyeti ko‘rgan zarar miqdori 760 mln yevro deb baholangan. Shu ma'noda, joriy yil birinchi kvartalida ko‘rilgan zararlarning umumiy qiymati 935,2 mln yevroni tashkil etgan.

Eng ko‘p mehmonxona, restoran va sayyohlik bizneslari zarar ko‘rgan, shuningdek, ko‘ngilochar sohada, birinchi navbatda, ommaviy tashkil qilinadigan konsert, karnaval va sport musobaqalari sektorlari zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz: uch xudkush-terrorchi tomonidan 22 mart kuni Bryussel metrosi va aeroportida terakt sodir etilgan va natijada 32 kishi qurbon bo‘lgan edi. Uni tashkil etgan va olib borganlar sifatida Bryussel islom guruhi a'zolari aytilgan.

Mavzuga oid
Top