14:13 / 16.08.2016
7649

Rossiyaning bombardimonchi samolyotlari Eron aviabazasiga yetib keldi

Rossiya Harbiy kosmik kuchlariga qarashli Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlari Eronning Hamadon aviabazasiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Al-Masdar.

Qayd etilishicha, bombardimonchi samolyotlarning ushbu aviabazada joylashuvi jangovar parvozlar vaqtini 60 foizga kamaytirish imkonini beradi. 

Hozircha, Hamadon aviabazasida joylashtiriladigan Tu-22M3 samolyotlarining soniga aniqlik kiritilmagan.  

Avvalroq, Rossiya Eron va Iroqdan qanotli raketalar parvozi uchun ruxsat so‘ragani xabar qilingan edi.

Top