19:04 / 16.08.2016
53002

O‘zbekiston sportining yangi qahramoni bilan yaqindan tanishuv

23 yoshli Hasanboy Do‘stmatov Rio-de-Janeyrodagi olimpiadada chempionga aylanib, O‘zbekiston sportining yangi erasini ochib berganlardan biri bo‘ldi.

Ayni vaqtda butun O‘zbekiston ahli o‘zbek sportining yangi qahramonini alqamoqda. Hali navqiron bu yigit yorqin kelajakdan mujdalar bermoqda. U chempion sifatidagi ilk intervyusida ham 4 yildan keyingi Tokio olimpiadasida vatan sharafini munosib himoya etishga va'da qildi.

Unga oltin medal yarashdi.

Hasanboy Do‘stmatov 1993 yilning 24 iyunida Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida otasi Ma'rufjon Hayitboyev va Dilnozaxon Hayitboyeva oilasida dunyoga kelgan. U sportdagi ilk muvaffaqiyatiga 2009 yilda erishgan. U o‘sha yili Qozog‘istondagi xotira turnirida chempionlikka erishgan. 2011 yilda esa 49 kilogrammgacha vazn toifasida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

U Buloqboshi tumanidagi Do‘lan qishlog‘ida ota-onasi bilan istiqomat qiladi. Qahramonimiz sport kollejini bitirganidan keyin Andijon Davlat universitetiga o‘qishga kiradi. Ayni vaqtda u universitetning magistratura bosqichi 1-kurs talabasi.

Sayt muxbiri bilan onlayn suhbat chog‘ida shu ayonlashdiki, u bir so‘zli, dangal, yolg‘onni xushlamas, shu bilan birga o‘ta samimiy haqiqiy o‘zbek yigiti. Undan sportdan boshqa qiziqishlari haqida so‘ralganida ochiqchasiga bunday qiziqishlar mavjud emasligini bayon qildi. Shu bilan birga Play Station o‘ynab turishini qo‘shimcha qildi.

Olimpiada chempionining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga sayr qilgudek bo‘lsangiz, uning yetarlicha yumorga boy ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. ( hasanboydusmatov )

U bolalar bilan muomila qilishga uquvli

 Hasanboy va uning do‘stlari

Hasanboy va uning jamoadoshlari. Rio-de-Janeyro.

Chempion va bo‘lajak chempionlar

Qahramonimiz qiziq sarguzashtlardan tap tortmaydi

Sportchi Sharq xalqlari madaniyati bilan tanishish chog‘ida

Hasanboy tabiat farzandi

U balki kelgusida vatan sharafini xalqaro maydonlarda boshqa sport turi bo‘yicha ham sharaflab chiqar..

Yana masalan, ot sporti bo‘yicha

 Sport kuchli bokschiga ega bo‘lgani holda, san'at bir iste'doddan ayrilgan :)

Diqqat qiling, u "Barselona"ning ashaddiy muxlisi

 Messiyu Remsi Hasanboyga taqlid qilganmi?

Uning telegramdagi akkauntiga joylashtirilgan suratlardan biri

 

Mavzuga oid
Top