18:51 / 17.08.2016
6740

Markaziy Afrika respublikasining yangi prezidenti o‘zining asosiy vazifasi haqida ma'lum qildi

Foto:© REUTERS

Markaziy Afrika respublikasining yangi prezidenti Fosten-Arkanj Tuadera o‘zining asosiy vazifasi mamlakatda harakatlanuvchi radikal guruhlarni qurolsizlantirish va tinchlik o‘rnatish ekanligini ma'lum qildi.

"Men uchun asosiy vazifa – tinchlikni qayta tiklash. Undan so‘ng esa qurolsizlantirish ishlari. Barcha guruhlarni qurolsizlantirish lozim. Harbiy harakatlar sobiq qatnashchilarining barini qurolsizlantirish, demobilizatsiya, reintegratsiya va repatriatsiya qilmoq kerak", — dedi Tuadera. 

Prezident, shuningdek, qurolli kuchlarni qayta tiklash va barcha qurolli guruhlar, turli jamoatchilik hamda davlatlar bilan sulh tuzish kerakligini ta'kidlab o‘tgan.


Fosten-Arkanj Tuadera Markaziy Afrika respublikasi prezidenti sifatida joriy yilning fevral oyidan ish boshlagan edi.

Top