14:41 / 17.08.2016
19783

Oloy bozori bekatiga o‘rnatilgan qo‘l tozalash apparatlari qo‘porib ketildi

Bravo Pharma Uzbekistan diagnostika markazi Toshkent shahri aholisini ogohlikka chorlamoqda. Ma'lum bo‘lishicha, biroz avval Oloy bozori yaqinidagi bekatga o‘rnatilgan qo‘l uchun tozalash vositalari qo‘porib ketilgan. Bu haqida markaz o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar beradi. 

Shuningdek, markaz bunday xunuk holat boshqa bekatlarda ham takrorlanmasligini ta'minlash maqsadida shahar aholisiga quyidagi iltimos bilan murojaat qiladi: “Qadrli shahar aholisi, sizlardan bekatlarda o‘zingizni tartibli tutib, o‘rnatilgan vositalarga e'tibor bilan qarashingizni so‘raymiz. Axir bularning bari siz uchun – sizning sog‘lom yashash tarzingiz va qo‘llaringiz tozaligi uchun o‘rnatilgan! Munosib hurmatga yarasha siz uchun tozalovchi vosita apparatlarini o‘z vaqtida to‘ldirib qo‘yishni ta'minlaymiz!”

Aziz hamshaharlar, bizning salomatligimiz uchun o‘rnatilgan bu kabi vositalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘laylik. Bunday yoqimsiz hodisalarni sodir etayotgan madaniyatsiz insonlarga befarq qaramaylik.
 

Mavzuga oid
Top