23:04 / 22.08.2016
20324

Olimpiya chempioni Olimpiadaga antiqa tarzda tayyorgarlik ko‘rganini so‘zlab berdi

Riodagi Olimpiadada 86 kg vazn toifasida oltin medal qo‘lga kiritgan rossiyalik kurashchi Abdulrashid Sadulayev ikki oy avval Olimpiadaga qanday "tayyorlanayotgani" tasvirlangan videoni chop etgan.

Sportchi may oyida mashg‘ulotlar zalida bo‘lish o‘rniga ot bilan dalani shudgor qilishda yaqinlariga yordam berib yurgan. Sportchi videoni feysbukda chop etgan. 

"Bobongga Olimpiadaga tayyorlanishing kerakligini tushuntirib bo‘psan", deb videoni sharhlagan sportchi.

Top