20:34 / 24.08.2016
11786

MDH davlatlari birlashgan mintaqaviy havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yaratish bo‘yicha kelishuv tayyorlashmoqda

MDH davlatlari mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi shu davlatlar havo hujumiga qarshi mudofaa masalalarini muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik tizimini takomillashtirish muhokama qilinadi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.      

"Qo‘mita yig‘ilishida alohida ahamiyat ko‘p tomonlama va ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik tizimini rivojlantirish va takomillashtirishni istiqbolli rejalashtirishga qaratiladi", deb ma'lum qilindi Rossiya mudofaa vazirligida.

Shuningdek, yig‘ilishda MDH davlatlari birlashgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining qo‘shma tadbirlari rejasi ma'qullanadi.  

Yig‘ilish tugagach, delegatsiya rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. "Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasi kollektiv xavfsizligida birlashgan mintaqaviy havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yaratish bo‘yicha davlatlararo kelishuv loyihasini kelishib olish va imzolashga tayyorlash ustida ishlamoqdalar", deyildi xabarda. 

Qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etadi. Joriy yilda ishtirokchilar tarkibidan Turkmaniston delegatsiyasi ham o‘rin olgan. 

 

Mavzuga oid
Top