16:04 / 25.08.2016
20327

China shashlik restoranlar tarmog‘i: yangi shaklning yangicha ta'mi

Yangi g‘oyalarning tug‘ilishi o‘z egasiga ma'lum bir foyda keltirsa, shu bilan birga jamiyat taraqqiyotiga ham o‘z o‘rnida hissa qo‘shadi. Jahondagi ko‘zga ko‘ringan biznesmen va tadbirkorlarning maslahati va yoki fikrlariga quloq tutilsa, ularning aksariyatida g‘oya eng qimmat mahsulot ekanligiga amin bo‘linadi.

Toshkent shahrida China shashlik restoran tarmoqlarining paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmadi. Boshida Toshkent shahrining “Ganga” mavzesida uning shoxobchasi ish boshladi. Ammo u yerdagi mijozlarning ko‘pligini ko‘rib, ushbu restoranni tashkil etish g‘oyasi o‘z o‘rnida amalga oshirilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Xo‘sh, nega? Poytaxtimizda kafe va restoranlar soni ko‘p, ammo mijoz aynan China shashlik’ni tanlab kelmoqda. Bunga sabab nimada?

Yosh tadbirkor Mahmudov Nodirning g‘oyasi asosida O‘zbekistonda ilk bor China shashlik restoranlar tarmog‘iga asos solindi. Ushbu restoran tomonidan tayyorlanadigan va mijozga taklif etiladigan taom va yeguliklar Xitoy milliy taomchiligi an'analariga asoslanadi. Nomi bilan aytib berilayotgandek, bu yerdagi shashliklar xali uchratilmagan maza va ta'mga, shu bilan birga, narxga ega.

Bir jihati hayratlanarli. Barchamizga ma'lumki, sifatli mahsulot har doim qimmat bo‘ladi. Xuddi shunday kafe va restoran tarmoqlaridagi xizmat ko‘rsatishning sifatligi va taklif qilinadigan taomning mazaligi uning qiymatiga ta'sir o‘tkazadi, narxini yuqori qiladi. Ammo China shashlik restoranlari tarmog‘idagi shashlik mahsulotlari o‘ta mazali, yuqori malaka asosida tayyorlangan va shu bilan birga o‘ta cho‘ntakbop ham. Bunday mutnosiblikka g‘oya muallifi erishgan.

“Kelajakdagi rejalarimizdan biri China shashlik restoranlar tarmog‘ini kengaytirish. Ayni kunlarda poytaxtimizdagi bir qator supermarket va gipermarketlarda ushbu restoran shoxobchalarini ishga tushirishni mo‘ljallaganmiz. Bularning bari mijozlar talabi va taklifidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda”, - dedi China shashlik restoranlar tarmog‘i asosichisi Mahmudov Nodir.

Xaliqimizda tillaga teng bir gap bor. “Ming bor eshitgandan ko‘ra, bir bor ko‘rgan afzal”, degan. Bu yerning shashliklaridan iste'mol qilgan har bir mijoz, albatta, yana shu yerni tanlaydi.

Manzil: "Ganga" mavzesi
Tel: (93) 377-44-77

Top