08:42 / 25.08.2016
7675

Germaniya Turkiyaning Injirlik bazasini tark etmoqchi

Germaniya qurolli kuchlari qo‘mondonligi AQSh boshchiligidagi koalitsiya havo zarbalarini qo‘llab-quvvatlovchi samolyotlarini Turkiyaning Injirlik harbiy bazasidan Iordaniya yoki Kiprga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Nomi aytilmagan harbiy manbalarning aytishicha, aviatsiyaning bunday ko‘chirilishi nemis samolyotlarining razvedka parvozlarini kamida ikki oyga to‘xtatib qo‘yadi. 

"Biz Turkiyadagi missiyamizni davom ettirishni istardik, biroq Injirlik bazasiga muqobil variantlar bor", deb aytildi Germaniya ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatida.   

Ta'kidlanishicha, Germaniya hukumatida kamchilikni bildiruvchi sotsial-demokratlar Anqara Injirlik bazasiga nemis deputatlarining tashrif buyurishiga ruxsat bermayotgani sababli Germaniya o‘z samolyotlari va qo‘shinlarini Turkiyadan olib chiqib ketishini talab qilmoqdalar.

 

Mavzuga oid
Top