17:02 / 26.08.2016
8826

Yevropa Ligasi qur'asi. «MYu» Turkiya, Niderlandiya va Ukraina jamoalari bilan bir guruhda

Bugun Monakoda Yevropa Ligasi uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Marosimda «Bavariya» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi Patrik Andersson hamda «Valensiya» va «Sevilya» jamoalarining sobiq darvozaboni Andres Palop ishtirok etdi. 

Turnir favoritlaridan biri bo‘lmish «Manchester Yunayted» jamoasi A guruhida Turkiyaning «Fenerbahchi», Niderlandiyaning «Feyyenoord» va Ukrainaning «Zarya» jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Guruh bosqichiga chiqqan 48ta jamoa 12ta guruhni tashkil etgan.

Guruh bahslari 15 va 29 sentabr, 20 oktabr, 3 va 24 noyabr, shuningdek 8 dekabr kunlariga belgilangan.

A guruhi
«Manchester Yunayted» (Angliya)
«Fenerbahchi» (Turkiya)
«Feyyenoord» (Niderlandiya)
«Zarya» (Ukraina)

B guruhi
«Olimpiakos» (Gretsiya)
APOEL (Kipr)
«Yang Boyz» (Shveytsariya)
«Astana» (Qozog‘iston)

C guruhi
«Anderlext» (Belgiya)
«Sent-Eten» (Fransiya)
«Maynts» (Germaniya)
«Gabala» (Ozarbayjon)

D guruhi
«Zenit» (Rossiya)
AZ (Niderlandiya)
«Makkabi» (Tel-Aviv, Isroil)
«Dandolk» (Irlandiya)

E guruhi
«Viktoriya Plzen» (Chexiya)
«Roma» (Italiya)
«Austriya» (Avstriya)
«Astra» (Ruminiya)

F guruhi
«Atletik» (Ispaniya)
«Genk» (Belgiya)
«Rapid» (Avstriya)
«Sassuolo» (Italiya)

G guruhi
«Ayaks» (Niderlandiya)
«Standard» (Belgiya)
«Selta» (Ispaniya)
«Panatinaikos» (Gretsiya)

H guruhi
«Shaxtyor» (Ukraina)
«Braga» (Portugaliya)
«Gent» (Belgiya)
«Konyaspor» (Turkiya)

I guruhi
«Shalke» (Germaniya)
«Zaltsburg» (Avstriya)
«Krasnodar» (Rossiya)
«Nitstsa» (Fransiya)

J guruhi
«Fiorentina» (Italiya)
PAOK (Gretsiya)
«Slovan» (Chexiya)
«Karabax» (Ozarbayjon)

K guruhi
«Inter» (Italiya)
«Sparta» (Chexiya)
«Sauthempton» (Angliya)
«Hapoel» (Beyer-Sheva, Isroil)

L guruhi
«Vilyarreal» (Ispaniya)
«Styaua» (Ruminiya)
«Tsyurix» (Shveytsariya)
«Usmonlispor» (Turkiya)

Manba: Tribuna.uz

Top