16:30 / 27.08.2016
9145

Moskva omborida chiqqan yong‘in qurbonlarining barchasi Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi oydinlashdi

Moskvaning tipografik mahsulotlar saqlanadigan omborida chiqqan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning barchasi Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari xabar bermoqda.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning barchasi omborda ishlagan Qirg‘iziston fuqarolaridir», — deyiladi xabarda.

Manbaning ta'kidlashicha, halok bo‘lganlarning barchasi Moskvada qonuniy ravishda faoliyat yuritgan.

Rossiyadagi Qirg‘iziston elchixonasi xodimlari ushbu ma'lumotni aniqlashtirish ishlariga jalb etilgan.

“Ayni damda elchixona xodimlari voqea joyiga jo‘natildi. Ular fojia tafsilotlarini aniqlashtirishadi va biz yakuniy hisobotni OAV orqali e'lon qilamiz”, - degan yuqori martabali amaldorlardan biri.
 

Mavzuga oid
Top