20:34 / 27.08.2016
12343

Slow Dance – vaqtni sekinlashtiruvchi ramka

Jyeff Libermanning Slow Dance nomli ramkasi — barchani o‘zining g‘aroyib xususiyatlari bilan lol qoldiruvchi noodatiy interer gadjyet. Sababi istalgan yengil buyum qurilma ichiga o‘rnatilsa, xuddi sekinlashtirilgan tasvir rejimi (slow motion)da harakatlanadi.

Reactions to seeing Slow Dance for the first time.

Ramkaga joylashtirilgan buyumlar (nozik gullar, novdalar, yengil pat va yaproqlar)ni sloumoushnda harakatlantiradigan tizim oddiy elektromagnit mexanizmidan iborat.

Mode: Double Trouble - in this mode it looks like the object starts as one, and splits into two parts before reforming!

Aslida u obektlarni tebrantiradi, LED chiroq perimetri bo‘yicha joylashgan yoritgich 1 soniya ichida 80 marta o‘chib-yonib, ularni yoritib turadi. Natijada harakatning bir qismi yashirinuvchi ko‘rinmas stroboskopik effekt hosil bo‘ladi.

Slow Dance ramkalarida bir necha rejimlar mavjud. Ular buyumlarning turli maromda - eng sekindan amplitudali va o‘ta kuchligacha tebranishini ta'minlaydi. Qurilmani avvaldan buyurtma qilish orqali 249 dollarga sotib olish mumkin. Uning o‘lchamlari: 31.75x36.83x5.08 sm, og‘irligi - 1.3 kg. 

Top