21:08 / 30.08.2016
10994

31 avgust kuni uchun ob-havo ma'lumoti

O‘zbekistonda 31 avgust, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim hududlarda shamolning tezligi kuchayishi mumkin.

«O‘zgidromet» markazi tomonidan xabar qilinishicha, 31 avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Toshkent shahrida +16…+18 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +21 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +22 darajagacha iliq bo‘ladi.

Chorshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +22…+27 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +27…+32 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +36 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +37 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryoda +38 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

31 avgustga o‘tar kechasi va 31 avgust kuni O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Top