17:33 / 31.08.2016
6602

Infantino klublar o‘rtasidagi JCh ishtirokchilarining sonini oshirish tarafdori

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirok etadigan jamoalar sonini oshirish niyatida. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung xabar bermoqda. 
Bugungi kunda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari har yili dekabr oyida o‘tkaziladi va unda olti qit'a turnirlarida g‘olib chiqqan jamoalar ishtirok etadi. 

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Infantino allaqachon musobaqa formatini kengaytirish dasturini FIFAning yuqori mansabdor shaxslariga taqdim qilgan. Taxminlarga ko‘ra, FIFA ko‘proq daromad topish uchun turnirda 16 yoki 32ta jamoa ishtirok etishini ta'minlamoqchi. 

Avvalroq Infantino terma jamoalar o‘rtasida bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirokchilar sonini 32tadan 40taga oshirish tarafdori ekanligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top