O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinladi.
Bosh prokurorning 14 sentabrdagi qaroriga ko‘ra, Surxondaryo viloyatiga O‘ktamjon Saidov 5 yillik muddatga prokuror etib tayinlandi va viloyat prokuraturasi hay'ati raisi etib tasdiqlandi.
Viloyatning avvalgi prokurori Botir Qudratxo‘jayev 2016 yil avgustdan Toshkent shahri prokuraturasini boshqara boshlagan.