18:06 / 28.10.2016
4973

Hindiston chegara hududida 15 nafar pokistonlik chegarachi o‘ldirilganini ma'lum qildi

Foto: © AFP

Hindiston chegara xavfsizligi kuchlari (BSF) o‘tgan hafta sodir bo‘lgan bir nechta qurolli to‘qnashuvlarda 15 nafarga yaqin pokistonlik chegarachilarni o‘ldirgan. Bu haqda BSF vakili Arun Kumarning so‘zlariga asoslanib, NDTV telekanali xabar berdi.

"O‘t ochish rejimi buzilgan taqdirda, biz ham shunga yarasha javob bermoqdamiz. Bizning hisob bo‘yicha kamida 15 nafar chegarachi o‘ldirilgan", — deb Kumarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda telekanal.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, uncha katta bo‘lmagan qurbonlar o‘tgan hafta qayd etilgan. O‘shanda, 21 oktabr kuni, Hindiston 7 nafar pokistonlik chegarachi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Pokiston armiyasi matbuot xizmati rahbari general Asim Bajva o‘sha kunning o‘zida bu ma'lumotlarni inkor etgan. U Hindiston bilan bo‘lgan to‘qnashuvda hech qanday pokistonlik chegarachi halok bo‘lmaganini aytgan edi.

Top