11:28 / 16.11.2016
8443

FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston 11 pog‘ona pastlaydi

O‘zbekiston terma jamoasi 20 noyabr kuni e'lon qilinadigan FIFAning yangi reytingida 59-o‘rinni egallaydigan bo‘ldi.

Noyabr oyida ikkita uchrashuv o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi bu safargi reytingda katta yo‘qotishga uchrashi kutilmoqda. Hozirgi reytingda 617 ochko bilan 48-o‘rinda turgan Samvel Babayan shogirdlari yangi reytingda bir yo‘la 59 ochkoni yo‘qotib, 558 ochko bilan 59-o‘ringacha tushib ketadi.

Osiyo mintaqasida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarda turgan Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari mag‘lubiyatiga qaramay, reytingda yuqorilab, O‘zbekistonni quvib o‘tadi.

Shuningdek, Rossiya terma jamoasi ham reytingda pastlashda davom etsada, O‘zbekiston terma jamoasidan yuqoriroq joylashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida 2ta uchrashuvda maydonga tushdi. Birinchi uchrashuvda Iordaniya terma jamoasi kichik hisobda mag‘lub etilgan bo‘lsa, ikkinchi, JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvda Janubiy Koreya terma jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi.

Mavzuga oid
Top